Cashback every day

Keshbek — bu bank xaridlaringiz uchun sarflagan mablag‘ingizning bir qismini sizga qaytarib berishidir. Agar siz Ipak Yuli Bank’ning Visa kartasi orqali savdo nuqtalaridagi POS-terminalda (kafe, do‘kon, dorixona, AYoQSh va boshqalar) yoki onlayn tarzda (marketpleys, sayt, obuna va hokazo) to‘lov qilsangiz, har bir xaridingizdan 0,5% keshbek olasiz. Keshbek avtomatik tarzda yig‘iladi va muddatsiz saqlanadi. (Istisno: karta qayta chiqarilganda keshbek summasi nolga tenglashtiriladi.)
Qaysi kartalarda keshbek mavjud
Keshbek 4 ta karta bo‘yicha mavjud, biroq har bir karta undan qanday foydalanishingizga qarab o‘ziga xos qo‘shimcha afzalliklarga ega.
Visa Start Sum
- kundalik to‘lovlar uchun asosiy karta
- bepul chiqarish va bepul xizmat ko‘rsatish
- O‘zbekistonda va chet elda xaridlar uchun mos
- jamoat transportida yo‘l haqi — atigi 990 so‘m*
Woman Card
- 120+ hamkor va 55% gacha chegirmalar
- bepul chiqarish va xizmat ko‘rsatish, eksklyuziv dizayn
- O‘zbekistonda va chet elda istalgan valyutada to‘lang
- hamkorlar haqida batafsil
Imkoniyatlar kartasi
- kredit limiti 50 mln so‘mgacha
- imtiyozli davr — 55 kungacha
- 2 000 000 so‘m sarfladingiz — imtiyozli davr ichida 2 000 000 so‘mni foizsiz qaytardingiz
Visa PUBG MOBILE
- PUBG MOBILE o‘yinchilari uchun karta
- bepul chiqarish va bepul yetkazib berish
- sovg‘a boks (1 marta) va har bir xarid uchun UC’da keshbek
Keshbek misollari
Kafeda 500 000 so‘mga tushlik uchun to‘lov qildingiz — 2 500 so‘m qaytadi.
1 200 000 so‘mga oziq-ovqat xarid qildingiz — 6 000 so‘m qaytadi.
300 000 so‘mga yoqilg‘i oldingiz — 1 500 so‘m qaytadi.
Yig‘ilgan keshbekni qanday ishlatish mumkin?
Keshbek Ipak Yuli Mobile ilovasidagi virtual hisobda jamlanadi. Oyiga maksimal 5 mln so‘mgacha yig‘ish mumkin. Keshbekni istalgan vaqtda yechib olishingiz mumkin — mablag‘lar avtomatik ravishda xaridlarni amalga oshirgan kartangizga tushadi.
Keshbekni qanday yechib olish mumkin:
1. Ilovani oching va kartangizni tanlang.
2. «Chiqarib olish» tugmasini bosing.
3. Summani kiriting.
4. O‘tkazmani tasdiqlang.
5. Karta balansini tekshiring — mablag‘lar darhol tushadi.
Hisoblash muddati
Keshbek to‘lovdan keyin darhol hisoblanmaydi.
Karta orqali to‘lov qilganingizda, operatsiya avval tekshiruv bosqichida bo‘ladi. Mablag‘lar sotuvchiga darhol o‘tkazilmaydi — bank to‘lovni ko‘rib chiqadi.
Tekshiruv jarayonida bank quyidagilarga ishonch hosil qiladi:
- kartada yetarli mablag‘ bo‘lganiga
- savdo nuqtasi to‘lovni to‘g‘ri qabul qilganiga
- operatsiya haqiqiy ekaniga va xatolik emasligiga
Tekshiruv yakunlangach, to‘lov tasdiqlanadi va shundan keyingina keshbek hisoblanadi.
Odatda bu jarayon 3–5 kun davom etadi, shu sababli keshbek biroz kechikib tushishi mumkin. Agar to‘lov muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, keshbek bir necha kundan so‘ng avtomatik tarzda hisobingizga o‘tkaziladi.
Keshbekni qanday faollashtirish kerak
Keshbek hisoblanishi uchun uni bir marta faollashtirish kerak:
1. Ipak Yuli Mobile ilovasini oching.
2. “Kartalar va hamyon” bo‘limiga o‘ting.
3. Visa kartaningizni tanlang.
4. Ekranni pastga suring.
5. “Keshbekni faollashtirish”
Qaysi operatsiyalarga keshbek tushmaydi
— Kartalar orasidagi pul o‘tkazmalari
— Naqd pul yechish.
— Bankomat orqali amalga oshirilgan amaliyotlar
— Valyuta ayirboshlash va onlayn konversiya operatsiyalari
Visa kartalari bilan to‘lang, keshbekni avtomatik tarzda to‘plang va istalgan vaqtda ilova orqali yechib oling. Har bir kuningiz, har bir to‘lovingiz foyda keltiradi. Endi karta bilan to‘lash nafaqat qulay, balki yanada foydali
* VISA START SUM kartasi bilan metro va avtobuslarda to‘lov qilganda kuniga 2 tagacha yo‘l haqi imtiyozli narxda amal qiladi. Keyingi safarlar karta uchun belgilangan standart tarif bo‘yicha to‘lanadi.
How to order a card
Millions of people choose Ipak Yuli Mobile
Transfer without commision, opening deposits with a high interest rate, financial accounting - on your phone
Scan the QR code to download the app
Millions of people choose Ipak Yuli Mobile
